Novgorod oblasti hokimiyati işlaş uçun patentga ega bölgan xorijliklarga taksi va avtobus haydovçilari bölib işlaş, şuningdek, alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilişni taqiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tegişli farmonni oblast gubernatori Andrey Nikitin imzolagan. Hujjatga köra, işlaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan xorijlik fuqarolarga alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qiliş, şuningdek, avtobus va taksi haydovçilari bölib işlaş taqiqlanadi.

Iş beruvçilar taqiq ostiga tuşgan toifadagi xodimlarini 26 iyungaça işdan böşatişlari lozim böladi. Bu holatda taqiq Rossiyada istiqomat guvohnomasi (VNJ)ga hamda vaqtinçalik registratsiyaga ega bölgan fuqarolarga, şuningdek Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga taalluqli bölmaydi.

Bu esa MDH davlatlaridan Özbekiston, Tojikiston, Moldova, Ozarboyjon fuqarolari taqiq ostiga tuşişini anglatadi.

Hujjat Içki işlar vazirligining tavsiyasi asosida, mehnat bozorini tartibga soliş, migratsion vaziyatni barqarorlaştiriş, oblast hududida ekstremistik va terrorçilik yönalişidagi jinoyatlarning oldini oliş maqsadida qabul qilingani ta’kidlangan.

Avvalroq ayrim sohalarda migrantlarning mehnat qilişiga çeklov Çelyabinsk, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen, Kaluga oblastlarida, şuningdek, Xanti-Mansiysiy avtonom okrugi — Yugra hamda Yoqutiston Respublikasida qabul qilingan edi. Novgorod oblasti çeklov joriy etgan 10-hudud böldi.