Ularning fikriça yangilanayotgan konstitutsiya qabul qilingaç, uning töğridan töğri işlaşi böyiça aniq mexanizmlar ham işlab çiqilgan.

Intervyu davomida konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça şu kabi bir qator savollarga ekspertlar javob berişdi. Intervyu mehmonlari Jamoat xavfsizligi universiteti professori Surayyo Rahmonova, Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxöjayev, Toşkent davlat yuridik universiteti dotsentlari Dildora Kamalova hamda Hayitjon Turdiyev böldi.

— Ijtimoiy tarmoqlarda hozir ham Konstitutsiyani özgartiriş kerak emas, degan fikrlarga közimiz tuşyapti. Konstitutsiyani özgartiriş uçun qanday zarurat mavjudligini sodda va lönda qilib aytib bera olasizlarmi? 

Hayitjon Turdiyev:

— Dunyodagi eng barqaror konstitutsiya AQŞniki. Mualliflardan biri Tomas Jyefferson barça jamoalar uçun umumiy bölgan va doimiy amal qiladigan konstitutsiya yaratiş imkonsiz, har bir avlod öz konstitutsiyasini yaratiş huquqiga ega, degan fikrni aytgan. Dunyoda 200 ga yaqin amaldagi konstitutsiya bor va 65 ta yangi konstitutsiya qabul qilindi. AQŞ konstitutsiyasi eng barqarori bölgani bilan, har bir ştatida alohida içki konstitutsiya bor va ularda özgarişlar juda ham köp. Fransiyaning konstitutsiyasida 24 ta özgariş bölgan. Eng muhimi şundaki, konstitutsiyaviy özgarişlar davlat manfaatlaridan köra inson huquqlarining kafolatini kuçaytiryapti. Yangilanayotgan konstitutsiya loyihasida ham şunday özgarişlarni köramiz.

Amaldagi konstitutsiyamizga şu kungaça 15 marta özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Ularning asosiy qismi davlat boşqaruvi, prezident, hukumat va saylov tizimi bilan boğliq özgarişlar edi. Endigi konstitutsiya özgarişida 50 foizdan ortiq özgarişlar inson huquqlari bilan boğliq. Davlat taraqqiyotning keyingi bosqiçiga qadam qöymoqçi bölsa, yangi konstitutsiyaviy makonga ega bölişni talab qiladi.

Surayyo Rahmonova:

— Köplab islohotlar bölayotganini köryapmiz. Şu özgarişlar faqat bugungi kun uçun emas, kelajakda ham davom etişi uçun ularning huquqiy asoslari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanişi kerak. Vaqt ötişi bilan huquqiy erkinliklarga munosabat özgarişi xavfi bor, şulardan xoli böliş uçun ham konstitutsiyaviy islohotlarga ehtiyoj bor.