Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
Tadbirkor yangi maktab binosi uchun 32,2 mlrd so‘m sarflagani aytilmoqda.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlardan biri o‘zi o‘qigan maktab uchun yangi bino qurib bergan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tadbirkor Jamshid Pardayev o‘zi tahsil olgan Oltinsoy tumanida joylashgan 48-sonli maktab uchun yangi bino qurib bergan.
Yangi maktab binosi zamonaviy ko‘rinishda qurilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning bilim olishi uchun barcha qulayliklar qilingan.

Jumladan, intellektual sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinflari va oshxona barpo qilingan.



Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026