Turmuş örtoği Mirjalol Mahmarayimovning Kun.uz'ga aytişiça, bölajak rafiqasi bilan bir neça yil birgalikda kitob yiğişgan, töydan keyin esa juftlikning qöşma kutubxonasidagi kitoblar soni 1,5 mingtaga yetgan.
“3 yil sevişdik, birga kitob öqidik, birga kitob yiğdik. Onlayn tarzda kitob sotuvini ham yölga qöydik. Şaxsiy kitob javonimiz bitta bölişi orzumiz edi. 2025 yil avgustida turmuş qurdik. Töydan oldin birga yiğgan va özida bor kitoblarni mening uyimga olib keldi. Keyin bitta javon yasab, şaxsiy kutubxona qurdik”, deydi Mirjalol.

Oilaning şaxsiy kutubxonasi Mirjalolning Kökdala tumani Şörquduq mahallasidagi uyida joylaşgan. Kelin-kuyov esa hozirda Toşkent şahrida ijarada yaşaşadi – Mirjalolning işi şu yerda, u Çorsudagi kitob dökonlaridan birida işlaydi.
“Kutubxonamizning rasmi tasodifan tarqalib ketdi. Zulfiya mukofoti uçun hujjat qiliş paytida ilova qilingan rasm edi, bir bloger tarqatib yuboribdi”, – deydi u.
Nasibaxonga Zulfiya mukofoti bu yil nasib qilmadi, oila keyingi yil yana urinib körişni rejalaştirgan.












