Uning Qonunçilik palatasi majlisida aytişiça, ekilmagan köçatlarni ekildi deb hisobotga yoziş holatlari kuzatilgan. Respublika böyiça jami 2 milliondan ortiq köçat ekildi deb hisobotga qöşib yozilgan.

“Navoiy viloyatida 959 ming, Toşkent viloyatida 564 ming, Farğona viloyatida 465 ming, Qaşqadaryo viloyatida 227 ming tup köçat qöşib yozilgani aniqlangan”, – dedi vazir.

Ma’lum bölişiça, 1,8 million tup köçatni saqlaş va parvarişlaş uçun tegişli mas’ullar belgilanmagan. Bu boradagi eng açinarli ahvol Farğona viloyatida. U yerda 415 ming tup köçatga heç qanday mas’ul belgilanmagan. Toşkent viloyatida 355 mingta, Surxondaryoda 331 mingta, Buxoroda 146 mingta, Qoraqalpoğistonda 136 mingta ekilgan daraxt e’tiborsiz qoldirilgan.

Bundan taşqari, 7,3 million tup köçat suğoriş tizimlari mavjud bölmagan hududlarga ekilgani oydinlaşdi.

“Şunça köçat parvarişlab, daraxtga aylantiriş imkoniyati bölmagan joylarga ekilgan. Jumladan, Navoiy viloyatida 3 million tup, Toşkent viloyatida 2 millionta, Surxondaryoda 404 mingta, Xorazmda 338 mingta, Qaşqadaryoda 336 ming tup daraxt umuman suğoriş imkoniyati bölmagan joylarga ekilgan”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Ekologiya vaziriga köra, köplab holatlarda daraxt va butalarni ekişda ularning tuproq-iqlim şaroitlariga mos keliş-kelmasligiga e’tibor berilmagan. Janubiy hududlarda ösuvçi butalar şimoliy hududlarga, şimoliy hududlarda ösuvçi daraxtlar esa janubiy hududlarda ekilgan.

Aziz Abduhakimov ekilgan köçatlarni suğoriş va parvarişlaş çoralarini köriş yuzasidan mas’ullarga 10 961 ta majburiy körsatma berilgani, talablarni bajarmagan 753 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 1 milliard 156 million söm ma’muriy jarimalar qöllanganini ma’lum qildi.

Uning qöşimça qilişiça, bu monitoring tadbirlarida dronlardan samarali foydalanmoqda.