Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni tölaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. 

Unga köra, bola tuğilganida bir martalik nafaqa («suyunçi») pulini beriş tartibi özgartirildi. 

Qayd qilinişiça, 2024 yil 1 apreldan boşlab farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

- birinçi farzandi uçun – barça ayollarga;

- ikkinçi farzandi uçun – farzand tuğilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bölgan ayollarga rasmiylaştiriladi. 

Qolgan barça holatlarda nafaqa tölanmaydi. 

Nafaqani oliş uçun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali beriş mumkin. 

Eslatib ötamiz, bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham tölaşning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 söm)ga teng.