“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qayerda? - Senatorlar o‘zlari 5 oy oldin ma'qullagan qonunni eslolmayapti
Yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun 2021 yil 26 iyun kuni Senat yalpi majlisida ma'qullangan edi. 19 noyabrdagi matbuot anjumanida bu qonunning keyingi taqdiri nima bo‘lgani haqida Kun.uz muxbiri bergan savolga javoban, senatorlar qonun hali Senatga kelib tushmaganini aytdi.
19 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senati a'zolari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kun.uz muxbiri Senat tomonidan 5 oy oldin ma'qullangan “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunning keyingi taqdiri bilan qiziqdi.
“Senat bu qonunni ma'qullagandi, lekin shundan keyin uning taqdiri noma'lum qoldi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi, u amalga kirdimi yoki yo‘qmi?” – deya savol bilan yuzlandi jurnalist.
Senator Narimon Umarov savolga javoban bu qonun yangi tahrirda Senatga hali kirmaganini bildirdi.
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda bizga kirmagan. Buni kimlardir ishlayotganidan xabarimiz bor. Lekin bu hali loyiha sifatida ham ko‘rilmagan. Ma'lumotingiz uchun, Qonunchilik palatasidan bizga hali kirib kelmagan”, – dedi Umarov.
Shundan so‘ng jurnalist tushunmovchilik bo‘layotgani, ushbu qonun Senatda allaqachon ma'qullanganini tushuntirishga urindi. Ammo Narimon Umarov yanglishmayotganini qat'iy ta'kidladi.
“Ilyosjon, biz kecha-kunduz Senatda o‘tirib ishlaymiz, siz esa yodingizga bir kelganda Senat bilan gaplashasiz. Kirgan bo‘lsa, aytardik. Kirgan derdik. Qonunchilik palatasidan so‘rang, do‘stim. Bizda yo‘q. Nima, yosh bolaga o‘xshab bir-birimizni aniqlashtiramizmi endi?
Kimdir saylov oldidan qonunda o‘zgarish qilaman deb yuribdi, lekin bu hali o‘zgarish degani emas. U qonun hali kirishi kerak, loyiha sifatida qabul qilinishi kerak”, – dedi Senat a'zosi.
Ma'lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi shu yilning 24 mart kuni qabul qilgan.
Shundan keyin qonun 26 iyun kuni Senatning 16-yalpi majlisida muhokama qilingan va ma'qullangan. Bu haqda Senatning rasmiy saytida ham ma'lumot berilgan.
19 noyabrdagi matbuot anjumanida Narimon Umarovdan tashqari yana o‘ndan ortiq senator qatnashdi, biroq ular ham masalaga aniqlik kiritmay, sukut saqladi.
Konstitutsiyaning 84-moddasiga asosan, Senat ma'qullagan qonun imzolanishi va e'lon qilinishi uchun o‘n kun ichida prezidentga yuboriladi. Qonun prezident tomonidan 30 kun ichida imzolanadi va e'lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Central Park' da Ramazon hayiti: shodlik va unutilmas taassurotlarga boy 3 kun!
O‘zbekiston | 15:00
-
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
Sport | 14:32
-
Mirziyoyev va To‘qayev Olmaota yaqinidagi “Medeu” tog‘-chang‘i majmuasida bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:16
-
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?
O‘zbekiston | 14:02
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025