Saudiya Arabistoni rasmiylari Hajda qatnaşiş uçun röyxatdan ötmagan 300 mingdan ortiq odamni aniqladi. 

Sharqpress xabariga köra, 157 mingga yaqin xorijlik ziyorat vizasi örniga turistik vizada Haj ziyoratiga borişga uringan. 

Haj xavfsizligi qömitasi rahbari Muhammad ibn Abdulloh Al-Basamiy Haj qoidalari va körsatmalariga rioya qilmagan ziyoratçilarning 140 ta guruhi va 64 ta transport taşkiloti aniqlanganini ma’lum qildi. 

Saudiya Arabistoni rasmiylariga köra, 8 iyundan buyon mamlakatga röyxatdan ötgan 1,3 milliondan ortiq ziyoratçi Hajda qatnaşiş uçun kelgan. 

Saudiya Arabistoni rasmiylari har yili noqonuniy ravişda Haj ziyoratini ado etişga uringan şaxslarni qölga oladi. Ötgan yili 17 mingdan ortiq odam ruxsatsiz Hajga borişga uringani uçun hibsga olingan edi. 

Avvalroq mamlakat hukumati xorij fuqarolari va rezidentlarini 2024 yilgi Hajda noqonuniy iştirok etganlik uçun qattiq jazolanişidan ogohlantirgan edi. Bayonotga köra, ziyorat qiliş uçun ruxsatnomasi bölmagan şaxslar 2 oydan 6 oygaça qamoq jazosiga va 50 ming Saudiya riyoligaça (13,3 ming dollardan ortiq) jarimaga tortilişi mumkin. 

Şuningdek, qonunbuzar xorijliklar deportatsiya qilinadi va mamlakatga kirişi 10 yilga taqiqlanadi. 

Saudiya Arabistoni qonunçiligiga köra, turistik viza bilan ziyorat qiliş mumkin emas. Ziyorat uçun ikki xil viza mavjud - Haj vizasi va Umra vizasi. Bu ikki xil viza bölib, birini örniga boşqasidan foydalaniş qoidabuzarlik hisoblanadi. Şuningdek, uşbu vizalar bilan mamlakat böylab sayohat qiliş mumkin emas: Jidda, Makka va Madinadan boşqa şaharlarga kiriş çeklanadi.