10:28 / 29.07.2019
4429

Hukumat qarori: Erkin Vohidov memorial muzeyi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchko‘prik tumanida Haziniy uy-muzeyini Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Farg‘ona viloyat hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:

tashkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to‘g‘risida yangilangan nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

muzeylarning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta'minlash;

muzeylar joylashgan binolarni Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi balansiga o‘tkazish hamda binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

muzeylarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, atoqli shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;

muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘radi.

Top