Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga «Sardoba» suv omboridagi texnogen vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş çoralarining tezkor nazorati xususida ma'lumot taqdim etdi.

May oyida «Sardoba» suv omboridagi texnogen ofat oqibatida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 11ta mahallada (28ta aholi punkti) yaşovçi 89 ming 450 nafar aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingandi.

Ma'lum qilinişiça, bugungi kunga qadar 80 ming 64 nafar (89,5 foiz) aholi yaşaş manzillariga qaytarilgan, qolgan 9386 nafari evakuatsiya qilingan joylarida yaşamoqda.

Şundan, Sirdaryo viloyatining tuman-şaharlarida – 7308 nafar (919 nafari 10ta muassasalarda va 6389 nafari xonadonlarda), Jizzax viloyatining tuman-şaharlarida – 2078 nafar aholi xonadonlarda yaşamoqda.

  • Eslatib ötamiz, şu yil 1 may kuni tongida Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida töğon öpirilişi sodir bölgandi. Suv toşqini oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetgan, binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron bölgandi. Uçta tumandan jami 90 mingga yaqin kişi evakuatsiya qilingandi.