Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbirning oçiliş marosimida sözga çiqqan Tanzila Norboyeva mavzu böyiça öz fikrlarini bildirdi.
“Sönggi yillarda ayollarga turli lavozimlar işonib topşirilmoqda. Lekin ayollarga faqat ayol bölgani uçungina mansab berilmasligi kerak. Bizning ayollarimiz bu borada işonçni oqlayaptilar, mana, bugungi kunda 6 nafar hokim ayollarimiz bor. Ularning har biri murakkab tumanlarda iş boşlaganiga qaramay, yaxşi natijalarga erişyapti. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Prezident maktablari rahbari ham yoş ayollar.
Hozir parlamentdagi ayollar soni böyiça 17-öringa kötarildik. 190dan ortiq parlamentlar bilan hamkorlik örnatganmiz, muntazam aloqadamiz. Ular bizni tabriklaşdi va Özbekistonda yirik anjuman ötkaziş taklifini bildirişdi. Maqsadimiz - parlamentda ayollar sonini 30 foizga yetkaziş”, – dedi Senat raisi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qiliş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari muhokamasi yuzasidan selektor ötkazgandi. Unda xotin-qizlarga har tomonlama kömaklaşiş böyiça vazifalar belgilab berildi.

















