Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Şuhrat Çölliyev bergan ma'lumotga köra, 2019 yilda ma'muriy sudlar tomonidan mahalliy hokimliklar qarorlarini haqiqiy emas deb topişga doir jami 2992ta iş körilgan bölib, ularning 1255 tasi (42 foizi) qanoatlantirilgan.

2020 yilning yanvar-fevral oylarida esa 552ta iş körilgan va ularning 248tasi (45 foizi) qanoatlantirilgan.

«Bundan körinadiki, murojaatlar soni 10 foizga, hokimlarning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş 3 foizga köpaygan. Bu borada fuqarolar norozi bölib murojaat qiliş soni va hokimlarning qonun hujjatlari talablariga rioya qilmasdan qarorlar qabul qilişi holatlari köpayib borgan», dedi Şuhrat Çölliyev.

Şuhrat Çölliyev
Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati

Ma'lum qilinişiça, tuman va şahar hokimlari vakolatga ega bölmasa-da, qonunga zid ravişda bino-inşootlarni balansga oliş töğrisida qarorlar qabul qilgan. Şuningdek, yer uçastkasini ajratiş vakolati ularga berilmagan normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda ajratilayotgan yer maydonini tölaqonli örganilişini ta'minlamasdan yer ajratiş yuzasidan qarorlar çiqarilgan.

Ta'kidlanişiça, yer uçastkalari qonunga zid ravişda olib qöyilgani munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilgani uçun mansabdor şaxslarga nisbatan javobgarlik masalalari qonunçilikda qat'iy belgilanmagan.

«Eng muhimi, bunga huquqni muhofaza qiluvçi va boşqa davlat organlari tomonidan öz vaqtida munosib e'tibor berilmagan.

Mulkdorlarning mulki musodara qilinişi haqida ogohlantirişning 6 oylik muddatiga rioya qilmaslik, mulkçilik obekti uçun kompensatsiya mablağlarini tölamay yoki qiymati böyiça teng mol-mulkni taqdim etmay majburan çiqarib yuboriş odatiy holga aylangan», – deya qayd etildi Senat yalpi majlisida.

Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati

Senat raisi Tanzila Norboyeva hokimlarning qonun hujjatlariga zid harakatlari yuzasidan mahalliy kengaş deputatlari nazorat olib borişi şartligini ta'kidladi.

«Hokimlarning vakolat doirasi, qonunlarga rioya qilişini qonunçilikda aniq aks ettiriş zarur. Ularning qonunga rioya qilişini nazorat qilişda mahalliy kengaşlar alohida örin tutadi. Joylardagi senatorlar hokimiyat qarori noqonuniy bölsa, töğrilaşi, qaytarib yuborişi, bu haqida hokimiyat rahbariga aytiş kerak.