O‘zbekiston | 15:42 / 28.07.2018
16912
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 137 davlati orqali odam savdosi amalga oshiriladi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

Foto: Kabar.kg

Odam savdosi eng og‘ir va insonni tahqirlovchi, mamlakat nufuzini tushiruvchi jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Xavflilik darajasi bo‘yicha ushbu jinoyat turi narkotik va noqonuniy qurol savdosidan keyin dunyoda 3-o‘rinda turadi. Xalqaro press klubning bugungi sessiyasida O‘zbekistonda odam savdosidan himoyalanish maqsadida ishlab chiqilgan mexanizmlar va chora-tadbirlar to‘g‘risida ekspertlar tomonidan atroflicha ma'lumot berildi. 

 Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Murat Raimov bu haqida bir nechta faktlarni taqdim etdi:

“Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bir yilda taxminan 4.5 mln. fuqaro odam savdosidan jabrlanadi. Ularning 80%i yoshlar, ayollar va bolalardir. Respublikamizda 2018 yilning dastlabki olti oyida 60 dan ortiq shunday turdagi jinoyatlar sodir etilgan va ulardan 161 nafar hamyurtlarimiz aziyat chekishdi. Bu borada  huquq tartibot organlari samarali ishlar olib borishyapti. Xususan, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi ham aholi orasida tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Shu bilan birga yildan-yilga fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Shularning natijasida O‘zbekistonda odam savdosi  o‘tgan yilgiga nisbatan 55%ga kamaydi”.

 Ko‘rib turganingizdek, jabrlanganlarning ko‘pchiliq qismi xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi vakili tomonidan berilgan faktlariga ko‘ra, 263 ming nafar xotin-qizlar chet elga chiqib ketishdi. Birgina Samarqand viloyatida ushbu ko‘rsatkich 137 ming nafarni tashkil etishi xotin-qizlar bilan ishlashda samarali ishlar qilinishi lozimligini anglatadi.  

Mavzuga oid