1991 yilda bölib ötgan prezident saylovida “Erk” partiyasi yetakçisi Salay Madaminov 12,5 foiz ovoz olgan. Şundan keyingi saylovlarda ikkinçi natijani qayd etgan nomzodlardan heç biri 5 foiz ham ovoz ololmagandi.

Bu gal XDP vakili Maqsuda Vorisova yana bir körsatkiç böyiça rekord örnatdi. U prezident saylovlarida ikkinçi natijaga erişgan ilk ayol nomzod sifatida tarixga kirdi. Hozirga qadar ötkazilgan saylovlarda faqatgina bir marta ayol nomzod prezidentlik uçun kuraş olib borgan. Bugungi kunda Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari bölib faoliyat yuritayotgan Dilorom Toşmuhammedova 2007 yilgi saylovda 3,03 foiz ovoz olgandi.

Kun.uz mustaqil Özbekistonning 30 yillik tarixidagi prezidentlik saylovlarini esladi.

1991 yil

Mustaqil Özbekiston tarixidagi ilk umumxalq prezident saylovi 1991 yilda bölib ötgan. 29 dekabrda bölib ötgan saylovda kuraş Özbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Islom Karimov hamda “Erk” partiyasi yetakçisi Salay Madaminov (Muhammad Solih) örtasida keçgan.

Ilk prezidentlik saylovida quyidagi natija qayd etilgan:

  • Islom Karimov – 8,5 million ovoz (87,1 foiz);
  • Salay Madaminov – 1,2 million ovoz (12,5 foiz).

Saylovda jami 9 million 900 ming 958 nafar saylovçi iştirok etgani aytiladi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, 129 823 ta ovoz haqiqiy emas deb topilgan. Şuningdek, 36 525 nafar saylovçi har ikki nomzodga qarşi ovoz bergan.

Aslida 1990 yil mart oyida SSSR tarqatilmay turib ittifoq mamlakatlari içida Özbekiston SSRda ilk bor prezidentlik lavozimi ta'sis etilgan, 24 mart kuni Oliy Kengaş xalq deputatlari tomonidan öşa vaqtda Kompartiya markaziy qömitasi boş kotibi bölgan Islom Karimov Özbekiston SSR prezidenti etib saylangandi