Siyosatçining qayd etişiça, bunday holda malayziyalik qöşinlar Indoneziya tinçlikparvar kuçlari bilan birgalikda harakat qilişini aytdi. Biroq, buning uçun BMT Xavfsizlik Kengaşining tegişli mandati zarur böladi.
Anvar Ibrohim Indoneziyaning saylangan prezidenti va mudofaa vaziri Prabovo Subianto bilan telefon orqali suhbatda «Malayziya-Indoneziya xalqaro tinçlikparvar missiyasi doirasida hamkorlik qiliş ğoyasini olqişlaşi»ni aytgan.
«Falastindagi humanitar vaziyatga töxtalib, men Prabovoga agar BMT mandat bersa Malayziya Indoneziya bilan har qanday insonparvarlik missiyasida hamkorlik qilişga tayyor ekanini aytdim», — deb yozgan boş vazir Facebook’da.
Bu ikki davlat Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olmaydi va u bilan biror bir diplomatik yoki iqtisodiy aloqalarga ega emas.
Avvalroq Isroil ommaviy axborot vositalari Anvar Ibrohimni antisemit çiqişlarda ayblagan edi. Jumladan, u muxolifat yetakçisi bölganida Isroilning «Mossad» maxsus xizmatlari Malayziya hukumatini nazorat qilişini aytganini eslatişgan. U şuningdek, avvalgi boş vazir Nadib Razzoq tomonidan yollangan jamoatçilik bilan aloqalar böyiça firmani yahudiylar boşqarini ham aytgan.
2012 yilda Anvar Ibrohim The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida «Isroilning xavfsizligini himoya qiliş böyiça barça sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşi»ni aytgan. Bu izoh öşanda Isroil bilan mojaroda har doim Falastin tomonida bölgan Malayziyada katta e’tirozlar keltirib çiqargan.













