Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça yangi örinbosari lavozimga tayinlandi. Viloyat matbuot xizmati xabar berişiça, Kuryazov Adilbek Jumaniyazoviç viloyat hokimining örinbosari vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlagan.

«Xorazm viloyati hokimining 2019 yil 21 fevraldagi 104q-sonli qarori bilan Kuryazov Adilbek Jumaniyazoviç viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Bunga qadar u «ToşkentboşplanLITI» davlat unitar korxonasi arxitektura quriliş bölimi loyiha boş arxitektori lavozimida işlab kelgan.

Adilbek Kuryazov 1969 yili Yangiariq tumanida tuğilgan, 2000 yilda Toşkent arxitektura quriliş institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 1999 yilda «Taşgiprogor» loyiha instituti arxitektori, 2011 yilda «ToşuyjoyLITI» loyiha va ilmiy tadqiqot instituti boş me'mori - boşqaruv raisining birinçi örinbosari, 2015 yilda «ToşkentboşplanLITI» davlat unitar korxonasi arxitektura-quriliş bölimi loyiha boş arxitektori lavozimlarida işlagan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning dekabrida prezident Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifidan keyin Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Abdullayev Urganç şahriga hokim etib tayinlangandi. Şundan beri viloyat hokimi örinbosari lavozimi vakant qolayotgandi.