Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev DXM haqida: hamma hududlar va xizmatlarni shu tizimga qamrab olsak, adolatsizlik, korrupsiya bo‘lmaydi
Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazida kuniga 800 dan ortiq shaxsga 60 ga yaqin xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Bu yerda Xalq qabulxonasi, notarius, FHDYo, pasport bo‘limlari, sug‘urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan.
Keluvchilar uchun tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi, oshxona tashkil etilgan.
Prezident markazdagi sharoitlar bilan tanishdi. Aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, sifati va tezkorligi bilan qiziqdi. Haydovchilik guvohnomasini almashtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Muassasa xodimlari bilan muloqotda xizmat turlarini yanada ko‘paytirish, aholining internet xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish zarurligi ta'kidlandi.
Bu tizimdan eng katta maqsad - odamlarning og‘irini yengil qilish. Hamma hududlarni va xizmatlarni shu tizimga qamrab olsak, sarsonchilik, adolatsizlik, korrupsiya bo‘lmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ushbu markaz binosida joylashgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi hamda Namangan innovatsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.












Mavzuga oid
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
19:59 / 24.04.2026