Ötgan haftada Özbekiston musulmonlari idorasi taşabbusi bilan Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bölib ötdi.
Özbekiston musulmonlari idorasi xabariga köra, yiğilişda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatiş böyiça qilinayotgan işlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atrofliça tahlil qilindi.
Şuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil körib çiqildi.
Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinçi kuni milodiy 2024 yil 11 mart, duşanba kuniga töğri kelişi haqida yakdil fikrga keldi.












