Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va oziq-ovqat tovarlari sifatini oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
«Mamlakatimizda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetiştiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta işlaş darajasi atigi 15 foiz bölib, şundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yiğiştiriş va saqlaş jarayonida 30 foiz mahsulotlar yöqotilmoqda.
Bu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş kengaytirilsa, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantiriş va eksport hajmini oşiriş mumkin.
Davlatimiz rahbari buning uçun, avvalo, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yiğiş, taşiş, saqlaş, qayta işlaş, qadoqlaş va eksport qiliş jarayonlarini qamrab oladigan zamonaviy agrologistika markazlarini köpaytiriş zarurligini ta'kidladi.
Bugungi kunda yurtimizda 31ta agrologistika markazi, 1 ming 500ta sovutkiç omborlar bor. Ularda jami yetiştiriladigan meva-sabzavotning 4,5 foizinigina saqlaş mumkin. Bu juda kam, albatta», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlaş, bozorga doimiy yetkazib beriş uçun keng infratuzilma yaratiş zarurligini ta'kidladi.
2025 yilga qadar sovutkiçlar sonini 4 ming 500taga, agrologistika markazlarini 140taga yetkaziş vazifasi qöyildi. Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti iştirokida Andijon, Samarqand va Toşkent viloyatlarida agrologistika markazlari barpo etiş, Jizzax, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida ham şu boradagi işlarni boşlaş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Yiğilişda mahsulot yetiştiruvçilar bilan qayta işlovçi korxonalar örtasida hamkorlik yölga qöyilmagani körsatib ötildi.
Masalan, meva-sabzavotning 65 foizi, göşt va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xöjaliklari va aholi tomorqalarida yetiştirilmoqda. Biroq, şu mahsulotlarni qayta işlovçi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. Ötgan yili meva-sabzavotning 19 foizi, göşt va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta işlangan, xolos.
«Kooperatsiya aholi yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini sanoatga jalb qilişning eng samarali yöli. Bu orqali, birinçidan, aholi daromadli böladi, ikkinçidan, sanoat uzluksiz xomaşyo bilan ta'minlanadi», – degan prezident.












