Rasmiylarning bildirişiça, qonunning maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini kuçaytiriş, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqini ta'minlaşning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlaş, şuningdek, davlatning din işlari böyiça siyosatini takomillaştirişdan iborat.
Ma'lumotlarga köra, loyiha e'lon qilinganidan buyon (2020 yil avgust oyida) aholi, xalqaro taşkilotlar va mahalliy ekspertlar tomonidan 700dan ortiq taklif kelib tuşgan. Loyiha qömita va partiyalar fraksiyalarida ham keng muhokama qilingan. Deputatlar yangi qonun loyihasida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklovni olib taşlagan.
Bundan taşqari, diniy ta'lim muassasalarida diniy ta'lim beruvçilarga markaziy organning alohida roziligini oliş talabi, diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş uçun notarial tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etiş tartibi, diniy taşkilotni tuzişda mahalla fuqarolar yiğinlari roziligini oliş talabi bekor bölmoqda.
Şuningdek, diniy taşkilotlarni röyxatdan ötkaziş tartibi ham biroz yengillaştirilmoqda, ya'ni:
– diniy taşkilotni tuziş uçun taşabbuskorlarning soni 100 nafardan 50 nafarga qisqartirilmoqda;
– diniy taşkilotni tuziş haqidagi yiğiliş ötkazilgandan keyin 6 oy mobaynida (amalda 3 oy) adliya organiga murojaat qiliş huquqi mustahkamlanmoqda;
– taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqarmoqda;
– röyxatdan ötkaziş bilan boğliq xizmatlar töliq elektron körinişda amalga oşirilişi joriy etilmoqda;
– diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etilgan hujjatlarni körib çiqişning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilanmoqda;
– röyxatdan ötkazişni rad etiş asoslari aniq belgilanmoqda.
Lekin yangi tahrirdagi qonunda ham xususiy diniy ta'limga qöyilgan çeklovlar saqlanib qolmoqda. Bu jamoatçilik faollari va diniy ulamolar tomonidan norozilikka sabab bölgan












