Suriya şarqidagi Xoms viloyatida joylaşgan T-4 aviabazasi raketalar hujumiga uçradi. Bu haqda Suriyaning SANA milliy agentligi xabar qilmoqda.

"T-4 aviabazasi bir neça raketalar hujumiga uçradi, bu AQŞ tajovuzkorligi bölişi mumkin", - deya xabar beradi agentlik.

Suriya armiyasining Havo hujumidan mudofaa kuçlari aviabazaga yöl olgan raketalarni öqqa tutgan.

Al-Mayodin telekanali xabariga köra, Suriya harbiy obektiga hujum qilgan raketalar Livan hududi orqali Örta Yer dengizidan uçib kelgan.

Vaziyatdan xabardor manbaning aytişiça, Suriya Havo hujumidan mudofaa kuçlari aviabazaga yönaltirilgan barça raketalarni urib tuşirgan. Ta'kidlanişiça, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmadi. SANA agentligi, öz navbatida, hujum natijasida halok bölganlar va jabrlanganlar haqida xabar bergan.

Pentagon AQŞ T-4’ga raketa zarbasi berilişiga aloqador emasligini ma'lum qildi.

Şuningdek, SANA xabariga köra, Suriya Havo hujumidan mudofaa kuçlari Xoms viloyatida raketa zarbasiga uçragan aviabaza mudofaasini olib bormoqda.