Kun.uz ijodkorlari Toşkent viloyati Zangiota tumani 21-sonli ayollar koloniyasida böldi va mahkumalarning yaşaş tarzi bilan tanişib, bir neça qismli turkum reportajlar tayyorladi.
Ötgan sonlardagi reportajlarda ayollar koloniyasidagi yaşaş tarzi haqida ma'lumot berilgan, şuningdek, mahkuma ayollar bilan qilingan suhbatlarning bir neçtasi öquvçilar e'tiboriga havola qilingan edi.
Quyida Özbekistonda yagona bölgan ayollar koloniyasidan tayyorlangan bir neça qismli “Mahkuma” reportajining yakuniy qismiga guvoh bölişingiz mumkin. Unda ikkinçi bor jazo muddatini ötayotgan şahrisabzlik mahkuma ayol nufuzli universitet öqituvçiligidan koloniyaga kelişgaça bölgan hayoti, kelgusi rejalari hamda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimova bilan koloniyada ötgan kunlariga oid xotiralarini örtoqlaşadi.
“1970 yilda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida tuğilganman. Ikkinçi bor ayollar koloniyasiga kelişim.
Birinçi bor turmuş örtoğim va uning xiyonati sababli jinoyatga qöl urdim. Öşanda turmuş örtoğimni bir fohişa bilan yotoqda tutib oldim. Jahl ustida unga qöl kötardim, qölim tasodifan nozikroq tomiriga teggan ekan şekilli, öşa joyda yiqildi. Keyin bilsak, miyasiga qon quyilib, vafot etgan ekan. Şu jinoyatim uçun 6 yillik jazo muddatini ötaganman.
2-3 oy böldi, yana şu yerdaman. Bu safar Jinoyat kodeksining 169-moddasida körsatilgan jinoyatni (öğirlik – öta xavfli retsidivist tomonidan) sodir etganim uçun sud qarori bilan keltirildim. Bu safar menga 6 yillik jazo muddati belgilangan.
Bu yerlar ayol kişining joyi emas. Ayol kişining örni oilasi, yaqinlari bağrida. Töğri, bu muassasada heç narsa qiyin emas. Faqat soğinç kişini qiynaydi. Ozodlik – eng oliy ne'mat”, deydi u.
– Farzandlaringiz bormi?
– Birinçi bor jinoyatga qöl urganimda farzandlarim hali yoş edi. Hozir qizim turmuşga çiqqan, ikki farzandi ham bor. U 2017 yilda turmuşga çiqdi va men bu yerda bölganim uçun uning töyini körolmadim. Oq köylak kiydi, farzandli böldi... Birortasida qizimning yonida bölolmadim.
Mavzuga oid
Bu yerda ötayotgan har bir vaqtimga açinaman. Nazarimda, inson uçun eng qadrli narsa bu – vaqt. Vaqtni behuda yöqotişdan oğiri yöq. Uni ortga qaytarib bölmaydi.
– Bu yerga kelganlar öz qilmişidan afsuslanişi ham, afsuslanmasligi ham mumkin. Lekin baribir ayol kişi uçun koloniyaning qora kiyimi bu – oğir jarohat. Bu kiyimni birinçi bor kiyganingizda nimalarni his qilgansiz?
– Keçagina, bir neça oy avval çiroyli iş kiyimida, taksi töxtatib, yaqinlar bilan telefonda gaplaşib, suhbatlaşib yurgandim... Bugun esa öşa iş tufayli qora kiyimda bu yerda ötiribman. Bu men uçun katta jarohat.
Bu kiyimni ikkinçi bor kiyişim. Şunday bölsa-da, Xudoga şukr qilaman. Hayotda bundan-da oğir taqdir berilişi mumkin edi menga. Balki sinovlar uçun bu yerdadirman.
– Har bir inson baxt tuşunçasini öziça tasavvur qiladi. Ayting-çi, koloniya kelişdan avval bu tuşunçani qanday tasavvur qilardingiz va kelgandan keyin siz uçun baxt nima?
– Baxt qayerda? Baxt men uçun oilam bağrida. Ota-onam, yaqinlarim, farzandlarim va soğliq men uçun baxt. Hozir öşa baxtimdan uzoqdaman.
Bu joylarda soğliğimni ham yöqotdim. Xohlardimki, aka-uka, opa-singillarimiz heç qaçon jinoyatga qöl urişmasin. Ayniqsa, ozodlikda yurgan ayollar heç qaçon jinoyat köçasiga kirişmasin, boriga şukr qilişsin.
– Töğri, qamoqxona heç kimga yoqadigan joy emas. Şunday bölsa-da, mavjud şaroitlar içida sizga yoqmaydigani qaysi biri?
– Menimça, hamma narsa keragiça moslaştirilgan. Bir misol: egnimizdagi qora rangli kiyimimizning özi bizga xulosalar beradi. Bu yerdagi har bir holat bizga xulosa beradi. Öylaşimça, qamoqxonada özgartiradigan holatning özi yöq.
– Bu yerga kelib qaysi bir mahkuma bilan gaplaşgan bölsak, ular mana şu işni qilganim uçun şu yerdaman, şu jinoyatni aniq men qilganman, degan fikrni, iqrorni aytişayotgani yöq. Nima uçundir ularda aybdorlik hissi yöqdek...
– Fikrimça, aybsiz odam bu yerlarga kelmaydi. Aybsiz odam tergov va sud jarayonlarida ozodlikka çiqib ketişi mumkin.
Biz bu yerga kelgunça ham juda qiyin jarayonlardan ötamiz. Bu paytda bizga turli imkoniyatlar beriladi.
– Zangiotadagi uşbu ayollar koloniyasi oxirgi vaqtlarda birinçi prezident Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimova bilan boğliq holda köp tilga olinmoqda.Siz ham birinçi muddatingizni şu yerda ötagansiz. Tabiiyki, u bilan köp bor körişgansiz. Ayting-çi, Gulnora Karimova haqida avval qanday fikrda edingiz va u sizda qanday taassurot qoldirdi?
– Gulnora Karimova haqida bu yerga kelgunça deyarli eşitmagandim. Ammo qamoqqa kelgaç uni tanidim. U biz bilan bir bölimda yaşadi. Şundagina uni Gulnora Karimova ekanini bildim. U bilan deyarli bir oilada yaşagandek yaşadik. Birga ovqatlandik, bir joyda nafas oldik.
Hayotda bir şiorim bor: kim edim-u kim böldim? Gulnora Karimovaning hayoti ham menga katta saboq böldi. Şu ayol menda yaşaşga, hayotga bölgan qiziqişni orttirdi.
Özimga özim Gulnora Karimova kim edi, mana u ham şu yerda-ku dedim.
Gulnora haqida söradingiz. U haqdagi şaxsiy fikrim unçalik yaxşi emas. Uni heç qaçon oliy ma'lumotli, madaniyatli va tarbiyali qiz deb öylamayman.
Nega bunday deyapman? Çunki biz jinoyatçi sifatida bu yerda bölsak ham, inson sifatida aslida kim ekanligimiz gaplarimiz, atrofdagilarga muomalamiz va özimizni tutişimiz bilan yaxşiroq körinadi.
Insonda sözlaş, tinglaş, muomala va kiyiniş madaniyati bor. Men şu narsalarni Gulnora Karimovada körmadim. Bular mening u haqdagi şaxsiy fikrlarim.
– U bilan tez-tez körişib turarmidingiz? Özini tutişi hammaga ham şunday edimi?
– Koloniyaga birinçi kelgan paytda u şaroitlarga könikdi. Atrofdagilarga, kiyimlarimizga qaradi. Qovun qovundan rang oladi. U ham bizdan “rang oldi”.
Ammo keyinçalik uning mahkumalar va bu yerdagi xodimlarga muomalasi özgara boşladi. Oxir-oqibatda özining hurmatini yöqota boşladi.
U bilan juda köp salomlaşavermasdim, çunki ertalab işga ketardim. Keçki payt esa kutubxonaga borardim.
– Gulnora Karimova qayerda işlar edi?
– U davlatdan qarzi bölgani uçun muassasa hududidagi işlab çiqariş korxonasida işlardi. Şu korxonada tikuvçi edi.
– Eşitişimizça, u koloniya ovqatlarini yemagan, faqat peçenelar yegan. Bu gaplar qançalik haqiqat?
– Ham töğri, ham notöğri. Bu yerdan ham ovqatlanardi, uyidan kelgan “peredaça”larni ham yerdi.
– Odatda Özbekiston qamoqxonalarida mahkum va mahkumalarga nisbatan juda qöpol munosabatda bölinişi, jismoniy kuç işlatilişi haqida köp eşitganmiz.Bu gaplar qançalik haqiqat?
– Bu yerga kelişimdan avval köp kitoblar öqirdim, seriallar deyarli körmayman. 1990-91 yillarda “Bir jinoyat izidan”, “Bir qadam” kabi körsatuvlar bölardi. Şu körsatuvlarni köp körardim, ayniqsa, ayollarni jinoyat qilgani va panjara ortida turganini körganimda, öşa ayolga nisbatan nafratim köpayardi. “Ayol bölmay öl!” degan paytlarim ham bölgan. Buni yaşirmayman.
Lekin inson ertaga hayotida nima bölişni bilmaydi.
Qamoqxonada tazyiq ötkazişlar, kuç işlatişlarni öz közim bilan körmaganman. Şaxsan, özim bilan bunday holat sodir bölmagan.
Lekin birinçi bor (2014 yil) qamalganimdagi holat bilan 2019 yildagi qamalganimdagi holat örtasida katta farq bor. Qamoqxonada şaroitlar özgaryapti.
– Bu farq nimalarda körinadi?
– Masalan, avvallari jinoyatlar köp sodir etilardi. Qamoqxonada 2000-1500 xotin-qizlar bölib ketardi. Mahkumalar orasida aybsizlar, qasddan va adovatdan şu yerga yuborilganlar köp bölardi.
2019 yilda mahkumalar soni sezilarli kamaydi. Hozirgi mahkumalar soni mingtaga yetmasa kerak.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.