21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Milliy kengaşining 2-yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi xabar qildi.

Ma'lum bölişiça, Özbekistonda mansabdor şaxs tomonidan noqonuniy tarzda boylik orttirganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanişi kutilmoqda.

Bu – korrupsiyaga qarşi kuraşiş xalqaro standartlarini milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş böyiça «yöl xaritasi» loyihasiga kiritilgan.

Bundan taşqari, loyihada quyidagilar ham közda tutilmoqda:

  • xalqaro taşkilotlar tomonidan ajratilgan qarzlar va moliyaviy yordamlar sarfining oşkoraligini ta'minlaş uçun oçiq ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;
  • korrupsiya xavf-xatariga eng köp duç keladigan davlat xizmatçilarining faoliyat sohalari va lavozimlari röyxatini tuziş;
  • xorijiy davlat mansabdor şaxslariga va xalqaro taşkilotlarining vakillariga pora berganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş;
  • korrupsiya holatlari töğrisida anonim xabar yöllaş va ularni körib çiqiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş.

Yiğilişda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021–2025 yillarga möljallangan milliy strategiya loyihasini işlab çiqişni tezlaştiriş töğrisida qaror qabul qilingan.

Şuningdek, markazlaştirilgan manbalar hisobiga amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarini majburiy ravişda korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş tartibini tezroq joriy qiliş kerakligi qayd etilgan.