Guljahon Yo‘ldosheva qamoqdan ozod etildi, biroq unga tergov yakuniga qadar OAVga intervyu berish taqiqlandi
Koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib qamoqqa olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva qamoqdan ozod etildi. Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi sud ajrimi bilan uy qamog‘iga almashtirildi.
Avvalroq Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov Kun.uz'ga Yo‘ldoshevaga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi O‘zbekiston bosh prokurorining tashabbusi bilan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilayotganini aytgandi.
6 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi binosida o‘tkazilgan sud majlisi yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi. Unga ayblanuvchining yaqinlari ham, OAV vakillari ham kiritilmadi.
Yo‘ldoshevaning yaqinlariga ko‘ra sud ajrimida unga tergov yakuniga qadar OAVga intervyu berishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sud majlisidan so‘ng Guljahon Yo‘ldoshevadan intervyu olishning imkoni bo‘lmadi. U majlisdan chiqiboq ichki ishlar xodimlari kuzatuvida uyiga olib ketildi.
Eslatib o‘tamiz, Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi shu yil 11 avgustda Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. 8 sentyabrga kelib, ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi qamoqqa olingan edi. Uning qamoqqa olinishi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani shifokorga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirishga chaqirgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp Putin va Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!
Jamiyat | 19:00
-
Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:59
-
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
Iqtisodiyot | 18:32
-
Tramp va Putin urushni tugatishni 1,5 soat muhokama qildi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/4GaKExR7gbBbX8sbkX_NqEXLMXCn4qmN_medium.jpg)
18:43 / 05.12.2022
“Katta pullarni o‘marishga xalaqit qilgan edim” - Guljahon Yo‘ldosheva bilan suhbat
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/QzSh6D3lBKiLJNkZCExxKUzinOE5jAwQ_medium.jpg)
15:38 / 01.09.2022
Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Oliy sud hukmni qisman bekor qilib, ishni qayta ko‘rishga yubordi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/7/HjZ2Cdr2j9J9nzwOGMord3MB9V34xmWf_medium.jpg)
20:06 / 06.04.2021
Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha jami 5 kishiga hukm o‘qildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/7/7Zd_QsOlk5T54SpYadzWrRh_dg-91unn_medium.jpg)
18:13 / 05.04.2021