Bu haqida Çirçiq şahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Prokurorning aytişiça, Özbekiston boş prokurorining taşabbusi bilan, Yöldoşevaga qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasini uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştiriş çoralari körilmoqda.

«Buning uçun lozim böladigan protsessual harakatlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, sudga kiritiladigan iltimosnoma va boşqa zarur hujjatlar rasmiylaştirilmoqda. Ehtiyot çorasi sudning ajrimi bilan özgartiriladi», dedi Baxtiyor Ibrohimov.

Jinoyat protsessual kodeksining 242-1-moddasiga köra, uy qamoği– gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining jamiyatdan töliq yoxud qisman ajratib qöyilib, özi mulkdor, ijaraga oluvçi sifatida yoki boşqa qonuniy asoslarda yaşab turgan turar joyda taqiqlar (çeklovlar) yuklatilgan, şuningdek uning ustidan nazorat amalga oşirilgan holda bölişidan iborat.

Eslatib ötamiz, Guljahon Yöldoşevaga nisbatan jinoyat işi şu yil 11 avgustda Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan qözğatilgan. 8 sentyabrga kelib, ayblanuvçiehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan edi. Uning qamoqqa olinişi jamoatçilik örtasida keng muhokamalarga sabab böldi.

Keça, 5 oktabr kuni Respublika gender tengligini ta'minlaş böyiça komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva Guljahon Yöldoşeva ayol kişi ekani, qaramoğida 6 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda, Toşkent viloyati prokuraturasidan qarorni qayta körib çiqişni söragandi.

«Olti bola bilan qayergadir qoçib qutulişi mumkinmi? Nahotki sudgaça qamoqda saqlaş bizning huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining yagona yöli bölsa? Jinoyat-protsessual qonunçiligida boşqa ta'sirçan ehtiyot çoralarini qöllaşga nima xalaqit beradi?