«Guljahon Yöldoşevaning qamoqqa olinişi uning korrupsion holatlar böyiça bergan bayonotlariga boğlab, rasmiy munosabat bildira olmayman. Bunga, albatta, huquqni muhofaza qiliş organlari huquqiy baho berişi kerak. Lekin bir narsa aytmoqçimanki, ayolning korrupsion holatlar böyiça bergan bayonotiga ham huquqiy baho berilişi kerak. Uning ham işini oxiriga yetkaziş kerak», — deydi u.
Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşeva qariyb bir oydan buyon qamoqda qolmoqda. Holatga sabab bölgan narsa esa şifokor G.Yöldoşevaning Kun.uz saytiga bergan intervyusi, şifoxonasi duçor bölgan muammolarni gapirib bergani böldi.
Yöldoşeva unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingandi. Qamoq ehtiyot çorasi tanlanişiga uning tergovdan yaşiringani va rasmiy hujjatlarni nobud qilişga uringani sabab qilib körsatilgan.
Akmal Burxonovning aytişiça, juda köplab bemorlar şifoxonalarda vafot etmoqda, bu borada köplab murojaatlar tuşmoqda.
«Agar haqiqatan bu jinoiy iş fuqaroning ölimiga sabab bölganligi yuzasidan qözğatilgan bölsa, boşqa hudud va şifoxonalarda ham murojaatlar asosida kelib tuşgan ölim holatlari örganilişi kerak. Unda ham jinoyat-protsessual harakat olib boriş maqsadga muvofiq böladi», — deydi u.
Uşbu masala yuzasidan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Botir Matmuratov hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi







