Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori, viloyat boş infeksionisti G. Yöldoşevaga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilişi yuzasidan taşvişdaligini bildiradi hamda mazkur holatga adolatli va xolis yeçim topilişini istaydi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabarida aytilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, 3 oktabr kuni mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari G.Marufova hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) kotibiyati mudiri S.Azimovlar tomonidan Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasining 1-sonli tergov hibsxonasida qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşeva bilan Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat taşkil etildi.

“Suhbat davomida G. Yöldoşeva koronavirus kasalligiga çalingan bemor ölimiga sababçi böliş va 250 mln. söm mablağni talon-toroj qilişda ayblanib hibsga olinganligi, uşbu iş böyiça suriştiruv ötkazilib, şifokor muammolar haqida oçiq gapirgani, bundan taşqari tergov va suddan yaşirinişi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilganligini ma'lum qildi.

Bundan taşqari, G.Yöldoşeva, eng avvalo, ona ekanligi, 6 nafar voyaga yetmagan, jumladan, 2 va 3 yoşli kiçik farzandlari borligi, tergov yoki suddan yaşirinişga urinmaganligini, şu bilan birga Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi faoliyati yuzasidan olib borilayotgan tekşiruvlar hamda unga nisbatan yuritilayotgan suriştiruv va tergov jarayonlarida bevosita özining iştirokida xolisona körilişini ta'minlaşda öziga nisbatan qöllanilgan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini özgartirilişida amaliy yordam söradi.

Ötkazilgan suhbat natijalari böyiça Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Ombudsman bilan hamkorlikda qonun doirasida va insonparvarlik tamoyillaridan kelib çiqqan holda yuqori sud instansiyalariga qöşma murojaat qilişini, şu asosda G. Yöldoşevaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş böyiça amaliy yordam körsatilişini ma'lum qiladi”, deyiladi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotgani, oğir vaziyatlarda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini