Jiddada Ukraina va AQŞ muzokaralari bölib ötdi. Kiyev tomonidan unda prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov, Vaşington tomonidan esa davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols iştirok etdi. Bu Ukraina va AQŞ prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Donald Trampning Oq uydagi tortişuvi va Kiyevga Amerika harbiy yordami töxtatilganidan keyin ikki mamlakat vakillarining bunday yuqori darajadagi birinçi uçraşuvi böldi. Uçraşuv boşlanişidan oldin Vaşingtondagilar Ukraina yon beriş va «qiyin qarorlar»ga tayyor bölişi kerakligi aytişgan – faqat şundagina AQŞ öz yordamini qayta tiklaşi va’da qilingandi.

AQŞ 30 kunlik sulh taklif qildi. Ukraina rozi böldi. Qöşma bayonotda qayd etilişiça, Ukraina tomoni «Rossiya Federatsiyasi tomonidan qabul qilinişi va bir vaqtning özida bajarilişi şarti bilan, tomonlarning özaro kelişuviga köra uzaytirilişi mumkin bölgan vaqtinçalik 30 kunlik öt oçişni töxtatiş rejimini zudlik bilan joriy etiş taklifini qabul qiliş»ga tayyorligini bildirgan. Uçraşuvdan oldin OAV Ukraina delegatsiyasi vaqtinçalik öt oçişni töxtatişni taklif qilişi mumkinligi, bu qisman sulh bölişi hamda faqat havo va dengiz hujumlariga taalluqli bölişi haqida yozgandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy muzokaralar yakunlanib, bayonot e’lon qilinganidan bir neça daqiqa ötib, Kiyev öt oçişni töliq töxtatişga tayyorligini tasdiqladi. «Ukraina tinçlikka tayyor. Endi Rossiya uruşni töxtatiş yoki uruşni davom ettirişga tayyorligini körsatişi kerak», – dedi u.

AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni qayta tiklamoqda. «Qöşma Ştatlar razvedka ma’lumotlari almaşişdagi pauzani zudlik bilan bekor qiladi va Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordamni qayta boşlaydi», – deyiladi qöşma bayonotda. Tramp va Zelenskiy örtasidagi tortişuvdan söng yordam töxtatilgandi; AQŞ razvedka ma’lumotlari yöqligi fonida Ukraina qurolli kuçlari bir neça kun içida Kursk oblastida egallab olgan hududlarining uçdan bir qismini boy berdi. Avvalroq OAV harbiy yordamni töxtatiş Tramp tomonidan Kiyevni Moskva bilan muzokaralarga undaş uçun Ukrainaga bosim ötkaziş usuli bölişi mumkinligi haqida yozgandi.

Muzokaralarda nodir metallar böyiça kelişuv muhokama qilinmagan, biroq uçraşuv yakunida Marko Rubio bu masala avvalroq Ukraina va AQŞ moliya vazirliklari darajasida kelişib olinganini aytdi. «Prezidentlarimiz öz hukumatlarining tegişli a’zolariga buni oxiriga yetkaziş va yakunlaş böyiça topşiriq berdi», – dedi AQŞ davlat kotibi.

AQŞ muzokaralar natijalarini Rossiyaga yetkazadi.