Çirçiq şahri hokimi vazifasini bajariş vaqtinça hokim örinbosari Jur’atbek Rahmonovga yuklandi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimining 24 fevraldagi farmoyişida ma’lum qilingan.
Unda keltirilişiça, Davron Hidoyatovning soğliği yomonlaşgani sababli Çirçiq şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajariş hokimning moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Jur’atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.
Farmoyişga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.
Davron Hidoyatov 2014−2017 yillarda Özbekiston Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni kuçaytiriş davlat qömitasi raisi, 2017−2018 yillarda Çilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil yanvar oyi oxirida Toşkent viloyati hokimi etib tayinlangandi, 2021 yil noyabrida esa prezident uni lavozimdan ozod etgan va u Çirçiq şahri hokimligiga tuşirilgandi.











