Komil Qayumoviç Raşidov Özbekiston Respublikasi boş vazirining maslahatçisi - Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolapi va ularning oila a'zolarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çoralari töğrisida”gi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti taşkil etildi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasiga Özbekiston Respublikasi boş vazirining maslahatçisi - Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamentining mudiri lavozimi kiritildi.
Ma'lumot uçun: Komil Raşidov bundan oldin Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi sifatida işlab kelgan.













