Komil Raşidov Taşqi işlar vazirligi Şartnoma-huquq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda TIV xabar berdi.
U bunga qadar boş vazirning maslahatçisi – Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti mudiri lavozimida işlagan.
Şuningdek, Komil Raşidov bundan oldin Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi sifatida işlab kelgan.
Avvalroq, Özbekiston boş vaziriga yangi maslahatçi tayinlangani xabar berilgandi.
Özbekiston Respublikasi elçixonasining Moskva şahridagi boş konsuli lavozimida işlab kelayotgan Mehriddin Xayriddinov Özbekiston boş vaziriga maslahatçi böldi.













