Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini yarim milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2018 yilda 481 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda bugun, 29 yanvar kuni, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov brifingda ma'lum qildi, deb yozmoqda Tazabek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2017 yil bilan taqqoslaganda 189,6 foizga o‘sdi.
Eksport hissasiga 348,2 million dollar, import hissasiga 132,8 million dollar to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aylanmasida solishtirma ulush 1,4 foizni tashkil etdi, deya ta'kidlab o‘tgan elchi.
«Qirg‘iziston O‘zbekistonning eksportchi mamlakatlar ro‘yxatida 6-o‘rinni egallaydi, import bo‘yicha esa - 20. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga qadar yetkazish rejalashtirilmoqda», - deya ma'lum qildi K. Rashidov.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026