Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi Komil Raşidov Qirğizistondan kartoşka olib kirişga qöyilgan norasmiy taqiqni 2018 yil 29 avgust kuni Bişkekda bölib ötgan matbuot anjumanida izohladi, deya xabar beradi Tazabek.

Foto: AKIpress

«Avvalo, bu savdo-iqtisodiy masaladir va tegişli idoralar darajasida muhokama qilinişi kerak. Kartoşkani olib kirişga keladigan bölsak, unda Özbekistonda qiyin paytlar bölgan hamda biz boşqa mamlakatlardan, şu jumladan, Qirğizistondan import qildik. Ammo hozirgi vaqtda Özbekistonda qişloq xöjaligi sektori rivojlanmoqda va mamlakat boşqa mamlakatlarga kartoşka eksport qilmoqda», - dedi u.

Avvalroq, 2018 yil yanvar-iyul oylarida Özbekistonga taşrif buyurgan Qirğiziston fuqarolarining soni 500 ming kişini taşkil etgani xabar qilingandi.

«Öylaşimça, bu yil Qirğizistonga taşrif buyurgan Özbekiston fuqarolarining soni ham şunday - yarim million», - dedi elçi.