– Sankt-Peterburg şahri turistik yönalişdagi eng yaxşi şaharlar reytingida yuqori örinlarni egalladi. Ammo çegaralar yopiqligi bu yutuqni yöqqa çiqarmoqda. Aytingçi, çegaralarimiz qaçon oçiladi? – deb söradi muxbir.
– Albatta, Sankt-Peterburg şahrining bu yutuğidan quvonamiz. Ammo çegaralar yopilişi turizmni tösiş emas, koronavirusning oldini oliş bilan boğliq. Ma'lumki, mamlakat böylab koronavirus bemorlari böyiça örinlar 85 foizga band qilingan, Sankt-Peterburgda esa bu körsatkiç ança yuqori. Demak, hozirça bu qadamni qöya olmaymiz. Hozir içki turizmni rivojlantirişning ayni payti. Har yili 32 mln nafar rossiyaliklar xorijga yöl oladi va 35 mlrd dollar sarflaydi. Ana şu oqimni içki yönalişlarga buriş kerak. Savolingizga javobga kelsak, javob aniq – imkon bölişi bilan, – dedi Putin.
Ma'lumki, köplab özbekistonliklarni ham bu savol öylantiradi. Köpçilik Rossiyadagi işini yöqotmoqda. Mavzu böyiça izoh bergan Transport vazirligi bu masala köproq Rossiya tomoniga boğliq bölib turganini bildirgan edi.








