Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikki kişi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilindi. Viloyat FVB uşbu xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimi dispetçeridan tuman FVBga xabar kelib tuşib, Yangibozor tumani Boğolon qişloğida yaşagan 1958 yilda tuğilgan J.R. hamda nevarasi 2009 yilda tuğilgan R.B.ning uyida vafot etgani bildirilgan.
Olib borilgan dastlabki suriştiruvlar natijasida köra voqea sodir bölgan xonadonda töqqiz nafar fuqaro bölgani, şulardan ikki nafari vafot etgani va qolgan yetti nafari tuman şifoxonasida tibbiy körikdan ötkazilgani aniqlangan.
Ularning soğligi yaxşi bölgani uçun uyiga ruxsat berilgan. Ikki nafar fuqaro vafot etgani böyiça sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Suriştiruvni Yangibozor tumani prokuraturasi olib bormoqda.












