Hukumat qarori bilan «Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlaş, realizatsiya qiliş hamda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini nazorat qilişda «sirli mijoz» tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan çakana realizatsiya qiliş tartibiga amal qiliş, tibbiy xizmat körsatiş (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyuriş) faoliyatini nazorat etişda «sirli mijoz» tadbirini ötkaziş tartibini belgilaydi.

«Sirli mijoz» tadbirining vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:

- mulkçilik şaklidan qat’i nazar, tibbiyot taşkilotlari faoliyatida belgilangan tartiblarga rioya qilinişini örganiş va amaldagi talablar buzilişining oldini oliş;

- iste’molçilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qiliş va sohadagi tizimli muammolarni örganiş;

- ötkazilgan «sirli mijoz» tadbiri natijalari asosida amaldagi talablarni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş.

«Sirli mijoz» tadbirini ötkaziş töğrisida vakolatli organ tomonidan buyruq çiqariladi.

«Sirli mijoz» tadbirini dorixonada ötkazişda «sirli mijoz» iste’molçi (xaridor) sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotib oliş uçun dorixonaga boradi.

Bu holatda «sirli mijoz»ning vazifasi dorixona xodimiga murojaat qiliş, ma’lum bir dori vositalari va (yoki) tibbiy buyumni mavjudligini sörab murojaat qiliş, tegişli xizmat körsatilişidan oldin dorixona faoliyatini kuzatiş hisoblanadi.

«Sirli mijoz» tadbiri faqatgina audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yaşirin foydalanilgan holda ötkazilganda, amalga oşirilgan hisoblanadi.