«Aholi va davlat xizmatçilarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bilimlarini uzluksiz oşiriş tizimini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga köra, 2025 yil 1 yanvardan aholi va davlat xizmatçilarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bilimlarini uzluksiz oşirişga qaratilgan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi» elektron platformasi joriy etiladi.
Virtual akademiyada öquv faoliyatini taşkil etiş va yuritiş Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Agentlik:
➖öqitilişi lozim bölgan davlat xizmatçilari kontingentini şakllantiradi va akademiya bilan kelişgan holda yillik öqitiş reja-grafigini tasdiqlaydi;
➖öquv jarayoni sifatli taşkil etilişini monitoring qilib boradi;
➖yangi öquv modullarini joriy etiş böyiça akademiyaga takliflar kiritadi;
➖öquv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va taşkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
➖akademiya bilan birgalikda har yili Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi.
Virtual akademiyada öqitiş quyidagi kontingent uçun olib boriladi:
✔️aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va boşqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
✔️ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari, öquvçilari va talabalari;
✔️davlat organlari va taşkilotlarining davlat xizmatçilari;
✔️davlat iştirokidagi korxonalarning xodimlari.
Virtual akademiyada öqitiş bazaviy (barça foydalanuvçilar uçun bepul) hamda maxsus öquv kurslari (tölov-şartnoma asosida) böyiça yölga qöyiladi.
Davlat xizmatçilariga maxsus öquv kurslarida malaka oşiriş majburiy hisoblanadi, bunda:
🔹işga qabul qilinganidan söng uç oy içida öquv kursidan ötadi;
🔹malaka oşirişning davriyligi har uç yilda kamida bir martani taşkil etadi.










