2023 yilda davlat taşkilotlari tomonidan 3402 dona qimmatbaho smartfon sotib oliş uçun 289 ta holatda jami 6 mlrd 637,8 mln sömlik şartnomalar tuzilib, tölovlar amalga oşirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ğaznaçilik xizmati qömitasining tahliliy hisobotida (nusxasi Kun.uz'da mavjud) keltirib ötilgan.
Qömitaning qayd etişiça, budjet taşkilotlarining bu xaridlari boş vazirning 2023 yil 5 yanvardagi topşiriğiga zid ravişda röy bergan. Bu topşiriqqa köra, vazirlik va idoralarning çeklangan soni (taşkiliy tuzilmasi) tasdiqlanguniga qadar ularning asosiy vositalarni xarid qiliş bilan boğliq xarajatlari budjet va budjetdan taşqari mablağlar hisobidan amalga oşirilişi vaqtinça töxtatilişi kerak edi.
Biroq, yuqoridagi raqamlardan kelib çiqilsa, ötgan yili davlat taşkilotlari har bir xaridda örtaça 12 ta smartfonga buyurtma bergan.
Qömitaning örganişlariga köra:
- Qoraqalpoğiston Respublikasida 796 ta uyali aloqa vositasi uçun 62 holatda 1 483,3 mln söm;
- Jizzax viloyatida 658 ta uyali aloqa vositasi uçun 27 ta holatda 948,9 mln söm;
- Farğona viloyatida 519 ta uyali aloqa vositasi uçun 30 ta holatda 581,9 mln söm mablağ sarflangan.
“Misol uçun, Surxondaryo viloyati Sarosiyo tumani hokimligi tomonidan “Bahrulloi Rustam Çorvador” xususiy korxonasi bilan 4 dona qimmatbaho smartfon (iPhone 13 Pro Max) sotib oliş uçun zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan 72 mln sömlik şartnoma tuzilib, tölovlar amalga oşirilgan. Şuningdek, Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan “Odilov Abdulhamid öğli” xususiy korxonasi bilan iPhone 15 Pro Max sotib oliş uçun elektron savdo platformasi orqali 19,1 mln sömlik şartnoma tuzilib, tölov qilingan”, – deyiladi ğaznaçilik xizmatining örganiş natijalarida.
2024 yilning ötgan davrida esa, mahalliy budjetlar hisobidan 301 ta uyali aloqa vositalarini sotib oliş uçun 60 ta holatda jami 1 mlrd 362 mln sömlik şartnomalar tuzilib, tölovlar amalga oşirilgan.
Xususan, Farğona viloyatida 146 ta turli uyali aloqa vositalari uçun 10 ta holatda 566,1 mln söm, Toşkent viloyatida 72 ta uyali aloqa vositasi uçun 7 ta holatda 193,1 mln söm va Andijon viloyatida 14 ta uyali aloqa vositasi uçun 2 ta holatda 255 mln söm pul sarflangan. Misol tariqasida, Andijon viloyati Oltinköl tumani hokimligi tomonidan “Omad-imkon 21” MÇJ bilan 1 dona iPhone 15 Pro sotib oliş uçun 18,5 mln sömlik şartnoma imzolangani keltirib ötilgan.








