Joriy yilning 16 aprel kuni «Hilol naşr» naşriyotida fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yöli haqida hikoya qiluvçi «Islomga bağişlangan umr» nomli hujjatli filmning tarğibot tadbiri bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, film butun umrini, kuç-quvvatini Islom diniga, mömin-musulmonlarga, el-yurt tinçligi, vatan ravnaqi yölida xizmat qilişga bağişlagan buyuk olimning sinov va maşaqqatlarga töla şonli hayoti haqida hikoya qiladi.
Filmning birinçi qismida marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining tavalludlaridan boşlab bolalik va maktab davrlari, madrasa va xorijda ta’lim olişi, ilmiy faoliyati va xalq xizmatida yurgan vaqtlari aks etgan.
Ikkinçi qismda esa şayx hazratlarining Özbekistondan çiqib ketişi, keyinroq vatanga qaytib qilgan ulkan mehnatlaridan to vafotlarigaça bölgan davr yoritiladi.
Ijodkorlar, ulamoning yaqinlari va şogirdlari filmda umuman badiiy töqimalardan foydalanilmagani, balki barça sahnalar şayx hazratlarining hayotida bölgan ibratli voqealar ekanini ma’lum qildi. Ijodiy jamoa filmning bir neça yil davomida Özbekistonning köplab hududlari hamda Turkiya, Liviya, Misr kabi bir qança xorijiy davlatlarda olinganini ta’kidladi. Filmda asosan arxiv kadrlardan foydalanilgan, kadrlar yetişmagan voqealar aktyorlar yordamida sahnalaştirilgan.

Şuningdek, tadbirda «Islomga bağişlangan umr» nomli hujjatli filmning tasvirga oliş jarayonlari aks etgan «film haqida film» katta ekranda taqdim etildi. Uşbu videolavhada ijodiy guruhning uyuştirgan safarlari, tayyorlaniş jarayonidagi çekkan zahmatlari, şayx hazratlarining oila a’zolaridan olingan tavsiya maslahatlarini köriş mumkin.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 9 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari bilan tanişuv jarayonida Çilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini beriş taşabbusini ilgari







