Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzurida Turizm qömitasi taşkil etilgan.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, prezident qarori bilan Umid Rustamoviç Şodiyev mazkur qömita raisi lavozimiga tayinlandi.

Bungaça Umid Şodiyev Özbekiston Respublikasining YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili lavozimida işlagan.

Özbekiston prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e’lon qilindi.

Unga köra, Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzurida Turizm qömitasi taşkil etilgan.

Madaniyat va turizm vazirligining hududiy bölinmalari negizida Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar madaniyat boşqarmalari, tuman (şahar) madaniyat bölimlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar turizm boşqarmalari taşkil qilingan.