Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi taşkil etiladi. Bu Özbekiston Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida körsatib ötilgan.

Farmonga muvofiq, agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • urbanizatsiyani tartibga soliş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
  • sanoatlaştiriş siyosatining sur’atlari, bosqiçlari va natijalarini uzoq muddatli rejalaştiriş, şahar va qişloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qiliş, jadal sanoatlaştiriş şaroitida şaharlarning demografik siğimlari hamda işçi kuçiga bölgan ehtiyojlarini hisoblaş;
  • “ösiş polyuslari”ni aniqlaş, boşqaruv markazlari joylarini tanlaş, ta’lim, mehnat bozorini şakllantiriş, içki va taşqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelişiş;
  • qişloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga öqitiş va qayta tayyorlaşga qaratilgan qator institutsional va taşkiliy çora-tadbirlarni belgilaşni nazarda tutuvçi, işçi kuçining qişloqlardan şaharlarga harakatlanişini rağbatlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş;
  • ilğor, energiya tejovçi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etiş asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yöl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yöldoş-şaharlar bunyod etilişini hisobga olgan holda şahar aglomeratsiyalarini şakllantirişni boşqariş;
  • jahon amaliyotini hisobga olgan holda şahar aholisini joylaştiriş tizimini kompleks rivojlantirişni tartibga soliş, kiçik, örta, katta va yirik şaharlarning samarali nisbatini şakllantiriş.

Şuningdek, farmonda körsatilişiça, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.

Uning asosiy faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

  • yer uçastkalarini xususiylaştirişdan tuşadigan barça mablağlarni jamlaş;
  • Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi şaharlar va yöldoş-şaharlarning boş rejalari loyihalarini işlab çiqiş böyiça loyihalarni moliyalaştiriş, şuningdek ular uçun zarur bölgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlari qurilişini moliyalaştiriş;
  • keyinçalik tuşgan mablağlarni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uçastkalarini auksion savdolari orqali sotiş;
  • ipotekani kreditlaşning yangi şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş, örta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini çiqariş hamda ularni institutsional investorlar orasida joylaştiriş orqali ipoteka bozorini rivojlantiriş, şuningdek milliy ipoteka bozorini rivojlantiriş maqsadida xalqaro moliya institutlari mablağlarini jalb qiliş.