Hukumat qarori bilan, “Yoşlarning öquv markazlarida xorijiy tillarni öqiş xarajatlari bir qismi uçun subsidiya ajratiş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
"2+6" dasturi belgilangan xorijiy tillarni biliş böyiça ballning (darajaning) kamida minimal körsatkiçli sertifikatiga ega bölgan ariza beruvçi öquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni öqitiş xizmatini körsatgani uçun dastlabki 2 oylik öqiş xarajatini öz hisobidan tölaganda, keyingi 6 oygaça öqiş xarajatini davlat qoplab beradi.
"2+6" dasturiga muvofiq, yoşlarga har oy yakuni böyiça quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
🔹 Toşkent şahrida – BHMning 2 baravarigaça;
🔹 Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigaça;
🔹 tuman (şahar)larda – BHMning 1 baravarigaça.
Subsidiya Yoşlar işlari agentligi qoşidagi jamğarma mablağlari hisobidan ajratiladi.
Agentlik tomonidan 2025–2026 yillarda öquv markazlarida xorijiy tillarni örganadigan 20 ming nafargaça, 2031 yilga qadar har yili 20 ming nafargaça yoşlarga öqiş xarajatlari uçun subsidiya ajratiladi.
Bunda tegişli yilda subsidiya ajratilgan yoşlar soni 20 ming nafardan oşgan taqdirda, öşa yil uçun subsidiya ajratiş keyingi yilga qadar töxtatiladi.
Ariza beruvçilarning xorijiy tilni öqitiş xarajati uçun:
▪️ öquv markazlarining reytingini şakllantiriş uçun belgilangan tartibda elektron platforma orqali röyxatdan ötgan;
▪️ ariza beruvçilarning öquv maşğulotlarida qatnaşganini kunlik elektron nazorat qiliş imkonini beruvçi elektron platformaga integratsiya qilingan öquv markazlariga "2+6" dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.











