Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi PF-5106-son Farmonini bajariş yuzasidan, şuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etib, alohida namuna körsatayotgan yoş oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriş yöli bilan ularning uy-joy va maişiy şaroitlarini yanada yaxşilaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 sentabrda 753-sonli «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş bilan ta'minlaşda qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori imzolandi.
Yoşlar uylari saytining yozişiça, Qarorda qayd etilganidek, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berişning quyidagi şartlari belgilangan:
- şaharlarda köp kvartirali arzon uy-joylar quriş va rekonstruksiya qiliş uçun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaş stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini taşkil etadi;
- qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş va rekonstruksiya qiliş uçun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Özbekiston Respublikasi markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni taşkil etadi:
ikki, uç qavatli köp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uçun — 15 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlaştirilgan uylar uçun — 25 foiz.
Quyida 2018–2021 yillarda qurilişi möljallangan «Yoşlar» uylarining rejasi keltirilgan.


















