Boş ştabini ruslar 2014 yilda egallab olgan Qrimdagi Sevastopol şahrida joylaşgan flotga 2019 yil may oyidan buyon qömondonlik qilib kelayotgan Igor Osipov işdan olingan. Uning örnini vitse-admiral Viktor Sokolov egallagan. Osipov aprel oyida flot flagmani «Moskva» kreyseri çökib ketganidan buyon köriniş bermayotgandi.

Agar Osipov ketgani tacdiqlansa, bu yarim yillik uruş davomida Rossiya tomonidan amalga oşirilgan eng katta iste’fo böladi. Reuters Osipovning ketişi Qrimdagi aerodromlar va harbiy bazalar portlaşi fonida röy berganiga e’tibor qaratgan.

«Bunday tayinlovlar haqida ommaviy e’lon qiliş şart emas»

Igor Osipovning ketgani flotning yangi qömondoni sifatida Viktor Sokolov taniştirilganda ma’lum böldi. Sokolov Sevastopol şahrida harbiy dengizçilarga taniştirilgan.

«Uning tayinlovi haqida boş qömondonning (Putin) farmoni bor. Ommaviy tadbir ötkazilmadi va ötkazilmasa ham kerak. Çunki şaharda sariq darajali terrorçilik xavfi e’lon qilingan», deydi «RIA Novosti» manbasi.

Sevastopolda 31 iyul kuni «sariq darajali» terroristik xavf e’lon qilingandi. Öşa kuni mahalliy hukumat vakillari Qora dengiz floti ştabiga uçuvçisiz qurilma yordamida hujum qilinganini aytişgandi. Avgust oyida Qrimda yana köplab portlaşlar sodir böldi.

9 avgust kuni Novofedorovkadagi Saki aerodromida öq-dori omborida portlaş sodir böldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu diversiya yoki Ukraina tomonidan raketa zarbalari bölmagani, öq-dorilar detonatsiyaga uçraganini xabar qilgandi. Rossiya davlat naşrlari esa yonğin xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani haqida yozişdi.

Qora dengiz floti matbuot xizmati Osipov ketgani va uning örniga Sokolov tayinlangani haqida xabar bermadi. «RIA Novosti»ning yana bir manbasi Rossiya «maxsus harbiy amaliyot» ötkazayotgan bir vaqtda heç kim bunday tayinlovlar haqida e’lon qilişga majbur emasligini iddao qilgan.

Osipov qayerda?

2019 yil 3 may kuni Igor Osipov Qora dengiz floti qömondoni etib tayinlangandi. Ukraina naşrlari Osipov «Moskva» kreyseri Ukraina harbiylari tomonidan çöktirilgan vaqtdayoq işdan olingani va hatto qamoqqa taşlangani haqida yozgandi. Rossiya tomoni bu habarlarga munosabat bildirmagan, lekin Osipov çindan köriniş bermayotgandi. Britaniya razvedkasi esa may oyidayoq Osipov işdan ketkazilganini xabar qilgandi.