Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda kuniga 220 ming kub metr tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqariladigan yangi gaz koni ishga tushdi
Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gaz kondensat konidagi 102-sonli quduqda amalga oshirilgan burg‘ilash ishlari o‘z natijasini berdi.
Burg‘ilash ishlaridan tugatilgan quduqning 2640–2540 metr oralig‘iga filtr tushirildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng kunlik 220 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.
Ma'lumot uchun, gaz kondensat koni #Mo‘ynoq_tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ustyurtda kunlik 1 mln kub metr hajmdagi tabiiy gaz oqimi olinadigan quduq ochilgandi.
Mavzuga oid
08:35 / 12.01.2026
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
12:14 / 25.08.2025
Gazdan noqonuniy foydalanib kelgan tibbiyot maskani aniqlandi
09:03 / 19.08.2025