27 iyul kuni Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Bu qaror qabul qilingan yiğilişdan keyin an’anaga köra boşqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

– Sömning dollarga nisbatan özgarişi qanday prognoz qilinyapti?

– Sömning dollarga nisbatan kursi valuta bozoridagi talab va taklifdan kelib çiqib şakllanyapti. Ma’lum darajada import hajmining oşişi milliy valutaga bosim ötkazyapti.

Köplab importçilar yilning uşbu davrida taşqi savdo operatsiyalarini amalga oşiradi. Ötgan yillar bilan soliştirganda, yilning şu davrida şunday mavsumiylik kuzatilgan. Agar 2019, 2020 va 2021 yillarga qarasangiz, aynan şu davrda, ikkinçi çorak oxiri va uçinçi çorak boşida importimiz oşadi. Bu valuta bozorida ma’lum bosimni yuzaga keltiradi. Biroq bu jarayon milliy valutaning qadrsizlanişiga olib kelmaydi. Çunki tijorat banklari va korporativ mijozlar xorijiy valutani erkin sotiş va sotib oliş uçun tegişli likvidlikka ega. Bugungi valuta kursi taşqi savdo operatsiyalarining haqiqiy aksidir.

– Budjet defitsiti narxlar barqarorligiga ta’sir qiladi. Şundan kelib çiqib, Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qançalik yaqin aloqada? Vazirlik davlat budjeti böyiça ma’lumotlarni e’lon qilmay qöydi. Hukumat budjet defitsiti böyiça qonunda belgilangan 3 foizlik çeklovga rioya qila olyaptimi?

– Biz Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan yaqin aloqadamiz. Biz tomonimizdan xizmat körsatiladigan yagona ğaznaçilik hisobi orqali budjet böyiça ma’lumotlarni kuzatib bora olamiz. Boşqa yillar bilan soliştirganda bu yil birinçi yarim yillikda xarajatlarning ortişi bölgani rost, bu birinçi navbatda gaz importi hajmi oşişi bilan boğliq.

Gazning jahon bozoridagi, ya’ni şartnomalarda körsatilgan narxi bilan içki narx örtasidagi tafovut budjet hisobidan qoplanadi. Şunday obektiv şartlar tufayli birinçi yarim yillikdagi xarajatlar avvalgi yillardan köra biroz yuqori böldi.

Koordinatsiyaga kelsak, biz har oy vazirlikka inflatsiya, budjet ijrosi va boşqa masalalardagi öz qaraşlarimiz yuzasidan hisobot berib boramiz.

– Rossiya rublining qadrsizlanişi bizning iqtisodiyotimizga qanday ta’sir qiladi?

– Doimiy ikkinçi yirik iqtisodiy hamkorimizda pulning qadrsizlanişi bizga ham ta’sir qiladi. Qaysi ma’noda? Rossiyadan keladigan pul ötkazmalarining kamayişiga ta’sir qiladi. Men hali ta’kidladimki, dastlabki 6 oyda davomida pul ötkazmalari 5,1 mlrd dollar atrofida böldi, ötgan yili bu körsatkiç 6,5 mlrd edi. Bu kamayiş ötgan yilgi ötkazmalar hajmi noodatiy ravişda yuqori bölgani bilan boğliq.