Farğona viloyatining Furqat tumani IIB mas’ullari tomonidan sodir qilingan holat Senat qömitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Senat rasmiy munosabatida bildirildi.
“Maqola mavzusiga sabab bölgan holatlar Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olindi. Içki işlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qonuniy qaror qabul qilinişi yuzasidan tegişli parlament nazorati örnatildi”, deyiladi Senat munosabatida.
Şuningdek, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi qonunbuzilişi holatining har qanday körinişiga murosasiz ekanini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, holat Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda uning Farğona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan örganildi.
“Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, uşbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. 2025 yilning 18 iyunida Furqat tumani IIB boşliği A.X. hamda uning birinçi örinbosari J.R.ga Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi 2-qismi “a, b”, bandlari, 141-3-moddasi 2-qismi “b” bandi, 142-moddasi, 206-moddasi 1-qismi va 230-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar böyiça ayblov e’lon qilingan. Hozirda tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat işi sudga yuborilgan.
Furqat tumani IIBning 4 nafar mas’ul xodimi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Uşbu holat jabrlanuvçi e’tiroziga sabab bölmoqda.
Insonga nisbatan har qanday zöravonlik yoki tahqirlaş — uning konstitutsiyaviy huquqlariga tajovuz hisoblanadi va javobgarlikka sabab böladi. Qonunçiligimizda qadr-qimmatni kamsituvçi muomala uçun jazo çoralari belgilangan”, deyiladi ombudsman xabarida.
Ombudsman insoniylikka qarşi bölgan har qanday xatti-harakatlarni qat’iy qoralaşini ma’lum qilib, holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi har tomonlama, töliq va xolisona örganilişi ta’minlanişini söragan.
Kun.uz oldinroq Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova bilan sodir bölgan holat haqida suriştiruv e’lon qilgandi.
Mavzuga oid:












