«Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Taklif etilayotgan loyihaga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga böysunadi. Agentlik öz faoliyatining asosiy yönalişlari yuzasidan Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor etib belgilanadi.

Agentlik direktori va uning örinbosarlari vakolat muddatini beş yil etib belgilaş va mazkur lavozimlarga surunkasiga ikki martadan köp tayinlanişni taqiqlaş nazarda tutilgan.

Qonun bilan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga quyidagi huquqlarni beriş közda tutilmoqda:

  • budjet mablağlarining sarflanişi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinişi, davlat xaridlari, davlat qarzlari, davlat taşkilotlari tomonidan özlaştiriladigan xalqaro kredit va grant mablağlari, investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi va davlat dasturlari bajarilişi bilan boğliq materiallarni talab qilib oliş va örganiş;
  • öz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan örnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning korrupsiya masalalari böyiça murojaatlarini, şuningdek anonim murojaatlarini ham körib çiqiş hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklaş va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çoralar köriş;
  • davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida korrupsiya holatlarini örganiş;
  • offşor hududlar orqali amalga oşiriladigan moliyaviy operatsiyalar, hayriya, sport va boşqa taşkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş alomatlari mavjud holatlarni va korrupsiya holatlarini örganiş;
  • davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi bölgan korxonalar, şu jumladan banklarda korrupsiyaga qarşi komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarini lavozimga tayinlaş va ozod qilişda kelişiş hamda faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilişining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, tizimli korrupsiyaning rivojlaniş tendensiyalarini tahlil qiliş maqsadida qonunçilik, şu jumladan jinoyat-protsessual qonunçiligiga muvofiq jinoyat işlari materiallarini, şuningdek vakolati doirasida tekşiruv, suriştiruv, tergov va sud materiallarini talab qilib oliş va örganiş;
  • xatti-harakatlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bölgan şaxslarga nisbatan töplangan materiallarni qonuniy çora köriş uçun vakolatli organlarga yuboriş;