Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov yaqinda Moskvadagi «Oçiq innovatsiyalar - 2019» forumida Özbekistondagi internet tezligi haqida gapirib, respublika aholisining yarmi istiqomat qiladigan qişloqlarni raqamli infrastruktura bilan qamrab oliş muammo bölayotganini aytgandi.
Kun.uz muxbiri 4 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida boş vazir aynan qanday muammolarni nazarda tutgani, mavjud muammolar qanday hal qilinişi bilan qiziqdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşevning aytişiça, 2020 yilning oxirigaça Özbekistonda raqamli infrastrukturadan foydalanuvçilar uluşini örtaça 65 foizga olib çiqiş kutilmoqda.
«Respublika böyiça 786 ming portga teng keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar örnatildi. Albatta, bu kam. Joylarda raqamli infrastrukturani yanada kengaytiriş uçun yil yakuniga qadar 620 ming portga teng bölgan qöşimça loyihalarni amalga oşiriş böyiça nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda kontraktlar imzolangan. Şu loyihalarni amalga oşiriş bilan optik tolali liniyalar yana qöşimça quriladi.

Agar raqamda aytadigan bölsam, 2019 yilning özida 2000 kilometrli rejani 10 000 kilometr qilib bajaryapmiz yil yakunigaça. 2020 yilda roppa-rosa ikki barobar, ya'ni 20 000 kilometrga yaqin optik tolali liniyalar qurişni rejaga kiritganmiz. Şunda biz raqamli infrastrukturadan foydalanuvçilarning sonini örtaça 65 foizga olib çiqamiz», – dedi Qahramon Yöldoşev.








