Oq uy 5 mart, çorşanba kuni AQŞ fuqarolari bölgan isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş uçun Hamas guruhi bilan bevosita muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. «Amerikaliklar hayoti xavf ostida», dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt. U muzokaralar tafsilotlarini oşkor qilmadi va ular hali ham davom etayotganini ta’kidladi. Vaşington pozitsiyasini AQŞ prezidentining garovga oliş masalalari böyiça maxsus vakili Adam Beler ifodalayapti.

Avvalroq Axios portali Qatarda Beler va Hamas vakillari örtasida muzokaralar bölayotgani haqida xabar bergan edi. Oq uy Falastin guruhi bilan töğridan töğri muzokara qilişdan oldin Isroil bilan maslahatlaşgan, dedi Livitt. Isroil rasmiylari buni tasdiqladi.

Isroillik arabşunos va siyosatşunos Kseniya Svetlovaning fikriça, AQŞ va Hamas örtasidagi töğridan töğri muzokaralar Isroilning pozitsiyasini jiddiy ravişda zaiflaştiradi.

Tramp falastinliklar va Hamasga tahdid qilmoqda

Livittning bayonotidan köp ötmay, AQŞ prezidenti Donald Tramp Hamas rahbariyatiga nisbatan keskin tahdidlar bilan çiqdi. U barça garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilişni va öldirilgan isroilliklarning jasadlarini topşirişni talab qildi. «Aks holda siz uçun hammasi tugaydi», deb yozdi u Truth Social platformasida. «Men Isroilga buni amalga oşirişi uçun kerak bölgan hamma narsani yuboryapman. Agar men aytganimni qilmasangiz, Hamasning heç bir a’zosi xavfsiz bölmaydi», — dedi Tramp.

AQŞ prezidenti Ğazo aholisiga murojaat qilib: «Sizning kelajagingiz porloq, ammo garovga olinganlarni uşlab tursangiz, ölasiz» dedi. U odamlarni «aqlli qaror» qabul qilişga va garovga olinganlarni ozod qilişga çaqirdi.